» » O‘zbekiston aholisi 2035-yilda 43,6 million kishiga yetishi mumkin

O‘zbekiston aholisi 2035-yilda 43,6 million kishiga yetishi mumkin


O‘zbekiston aholisi 2035-yilga borib 43,6 million kishini tashkil qilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Sputnik”.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 17 yil mobaynida mehnatga layoqatli aholi soni 1,4 baravarga, ya’ni 18,5 milliondan 25,9 million kishigacha o‘sishi mumkin. Jumladan, birinchi marta mehnat bozoriga chiqayotganlar soni 720,2 ming kishini tashkil etishi mumkin.

Vazirlik hisobiga ko‘ra, mamlakat aholisining umumiy tuzilishida shahar aholisi 17 yil ichida 50,6 foizdan 58,7 foizgacha ko‘payishi, qishloq aholisi esa 49,4 foizdan 41,3 foizgacha kamayishi mumkin. Shu bilan birga, erkaklar soni 49,8 foizdan 49,5 foizgacha kamayishi, ayollar soni esa — 50,2 foizdan 50,5 foizgacha o‘sishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют