» » Bishkekda O‘zbekiston kinosi kunlari boshlandi

Bishkekda O‘zbekiston kinosi kunlari boshlandi


4-dekabr kuni Bishkekdagi “Manas” kinoteatri va Chingiz Aytmatov nomidagi kinochilar uyida O‘zbekiston kinosi kunlari boshlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi  “Turon 24”.

O‘zbekiston kinosi kunlari doirasida rejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Rishta”, Aleksandr Gamirovning “Ota uyi” kinokartinalari, shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kinoijodkorlarining qo‘shma loyihasi asosida suratga olingan “Sarvqomat dilbarim” kinofilmining premyerasi namoyish etiladi.

Madaniy tadbirda Matyoqub Matchonov va Ulug‘bek Qodirov ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonlik rejissyor Sarvar Karimovning “Sarvqomat dilbarim” filmi qirg‘iz tilida namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. Filmda bosh rolni ijro etgan qirg‘izistonlik aktrisa Madina To‘lepbek 27—30-noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Prologue IV xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan.

Bishkekdagi O‘zbekiston kinosi kunlari 5-dekabrgacha davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют