» » Namanganda gaz quyish shoxobchalarida narxlar pasaydi, biroq yo‘lkira haqi tushgani yo‘q

Namanganda gaz quyish shoxobchalarida narxlar pasaydi, biroq yo‘lkira haqi tushgani yo‘q


Namangan viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida joriy yil 16-noyabrda o‘rtacha 1 850 ming so‘mdan 2 100 so‘mgacha ko‘tarilgan bir kubometr metan gaz narxi 24-noyabrdan 1 900 so‘mgacha tushdi. Biroq yo‘lkira haqi pasaygani yo‘q. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya kilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan shahar ijro etuvchi apparati raisi Husanboy Aliyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

“Qisqa fursat davomida ko‘tarilishga ulgurgan yo‘lkira haqlari hozirgacha pasaygani yo‘q. Buni bizga kelayotgan murojaatlar soni ham isbotlab turibdi. 30-noyabrning o‘zida 87 ta shikoyat qabul qildik”, deydi u.

Namangan shahrida yashovchi Naima Mamadaliyevaning aytishicha, ilgari “Damas” mashinalarida bir bekatga tushib-chiqish 1000 so‘m bo‘lgan, hozir esa 1500 so‘mga ko‘tarilgan. Taksida shahar markazidan To‘raqo‘rg‘on tumani bilan chegaradosh kichik tumanlarga borish esa 3000 ming so‘mdan 4 ming so‘mgacha oshgan.

O‘zini Ahmadjon deb tanishtirgan yo‘lovchi Namangan shahrining 5-kichik tumanidan Nurobod dahasiga qatnov avval 1000 so‘m bo‘lgani, hozirga kelib yo‘lkira 1500-2000 so‘mdan kam emasligini aytdi.

“Viloyat markazidan Yangiqo‘rg‘on tumani markaziga yengil mashinalar 16-noyabrgacha 3000 ming so‘mdan qatnar edi. Keyin 4 ming so‘mga ko‘tarildi. Gaz quyish shoxobchalarida narx pasayganini eshitib xursand bo‘lgandik, afsuski, hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Bordi-keldi 8 mingga tushyapti. Albatta, bu menga o‘xshash talabalar uchun baland narx”, — deydi Yangiqo‘rg‘on shaharchasida yashovchi Feruzbek Ergashaliyev.

Husanboy Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, viloyat aholisi tomonidan yo‘lkira haqi yuzasidan ko‘plab shikoyatlar kelib tushayotganligini inobatga olib, joylarda reydlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yaqin orada “O‘zavtotrans” agentligining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda joylarda “Shartli yo‘lovchi” tadbiri o‘tkazadi. Tadbirda asossiz ravishda yo‘l haqini ko‘tarib olgan haydovchilar aniqlanib, tegishli choralar ko‘riladi. Zarur hujjatlarsiz kirakashlik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ham aniqlanadi.

Viloyat aholisidan o‘zboshimchalik bilan narxlarni ko‘targan yo‘nalish haydovchilari haqida ma’lumot to‘plashda ko‘maklashish so‘ralgan: reydlar asosan shikoyatlar ko‘p tushgan manzillarda o‘tkaziladi.

Namangan shahridan tumanlardan biriga qatnovchi, ismini ochiqlashni istamagan haydovchining ta’kidlashicha, yo‘lkira haqining ko‘tarilish-tushishini faqat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridagi metan gaz narxiga qarab baholash noto‘g‘ri.

“O‘zingiz o‘ylang, 16-noyabrdan keyin faqat gaz emas, benzin, elektr va boshqa narsalarning ham narxi oshdi-ku? Haydovchilar ham tirikchilik qilishi, bola-chaqasini boqishi kerak. Ustiga-ustak, qish mavsumi kelishi bilan sovuqda ‘zapravka’larda soatlab navbatda turibmiz, vaqt yo‘qotyapmiz, buni ham hisobga olish kerak”, deydi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют