» » Shahrisabzda o‘zini osib qo‘ygan o‘quvchi, terrorchilar qo‘liga tushgani haqida yolg‘on SMS yuborgan qashqadaryolik, rekord darajada tomoshabin to‘playotgan Scorpion va kunning boshqa muhim xabarlari

Shahrisabzda o‘zini osib qo‘ygan o‘quvchi, terrorchilar qo‘liga tushgani haqida yolg‘on SMS yuborgan qashqadaryolik, rekord darajada tomoshabin to‘playotgan Scorpion va kunning boshqa muhim xabarlari


28-noyabr kuni Shahrisabzdagi 1-litseyning 7- sinfida o‘qiydigan bola o‘z uyida osilgan holda topildi. Taxminlarga ko‘ra, bolaning o‘zini osib qo‘yishiga unga litseyda dakki berilgan sabab bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi T.Y. tanishi orqali telefoniga Paynet’dan pul tashlattirgach, unga hisobi to‘ldirilgani haqida SMS kelmaydi. Shunda u “Bilayn” uyali aloqa kompaniyasi operator raqamiga xabarlar yoza boshlaydi. Javob kelmagach, u operatorga “Yordam. Terroristlar qo‘lidaman” deb SMS jo‘natadi.

***

1-dekabr kuni Toshkent kinoteatrlarida Scorpion trillerining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ilk uikendda, ya’ni dam olish kunlarida kartinani tomosha qilish uchun kinoteatrlarga 15 mingdan ortiq tomoshabin keldi. Boshqa filmlar namoyishiga keladigan tomoshabinlar soni bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 15-20 barobarga ko‘p.

***

Toshkent — Xiva yo‘nalishida elektr poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 3-dekabr kuni ushbu qatnovning ilk yo‘lovchilari Toshkentdagi “Janubiy” vokzaldan Xiva tomon barcha qulayliklarga ega poyezdda yo‘lga chiqdi.

***

O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 802 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,7 milliard so‘mdan oshdi. Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati vakillari egalladi, ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 23 foizga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют