» » Umid Ahmadjonov: 20 yillar davomida ozgarmagan futbolni, biz qandaydir 1 yilda ozgartirib qoyishimiz mumkinmi?

Umid Ahmadjonov: 20 yillar davomida ozgarmagan futbolni, biz qandaydir 1 yilda ozgartirib qoyishimiz mumkinmi?


Futzal boyicha Ozbekiston U20 terma jamoasining Osiyo chempionati yollanmasini qolga kirita olmagani turli xil fikrlarga sabab boldi. Daryo mazkur fikrlar boyicha hozirda xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bolib turgan OFA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan Telegram orqali boglandi.

Futzalchilarimiz bunday taqdirga munosib emasdi. Ishonamanki, oyin qayta otkazilsa, ular Tojikiston futzalchilarini ketma-ket 10 marta ham yuta olishadi. Shunchaki osha kuni omad bizdan yuz ogirdi. Futbolda ham, futzalda ham shunday, galaba va maglubiyat yonma-yon yuradi, deya gap boshladi Umid Ahmadjonov.

Futzalchilarning maglubiyatini Ozbekistonda futzalga bolgan etiborning sustlashib ketgani bilan olchashdi. Bunga qanday qaraysiz?

Juda oddiy. Biz sport tepasiga endigina keldik va tabiiyki, ayni vaqtda istalgan nozik nuqtamizni topib, zarba berish uchun harakat qilishadi. Ammo biz ishlashda davom etamiz. Futzal masalasini borttirib korsatayotgan qaysidir mutaxassis avvallari federatsiyada yillar davomida faoliyat olib borgan, ammo hech qanday ozgarish bolmagan. Balki ayni vaqtdagi ozgarishlar unga erish tuyulayotgandir. Yana bir jurnalist esa ozining boshqa hamkasblarini korolmay, Avstraliyada yuribdi, Koreyada yuribdi deb chiqishlar qilyapti. Tuppa-tuzuk tanqidchi ekan, oldin hech shunday chiqishlarini kormagan ekanmiz.

Togri, biroq futzalda katta ozgarishlar bolgani rost. U futbol assotsiatsiyasi balansiga otdi-ku!

Bizda osmirlar va yoshlar terma jamoalari ham Osiyo chempionatiga chiqa olmadi. Ammo bu meni hafa qilgani yoq. Biz ishni bolalar futbolidagi kamchiliklarni tozalashdan boshladik. Endi biz ulardan natija talab qilmoqchimasmiz. Bizga ularning Jahon chempionatiga chiqishidan kora, milliy termaga, umuman katta futbolga yetkazib beradigan istedodlari muhim. Futzal ham shunday. Biz ishni boshlaganimizga endi 1 yil boldi. Bir qadam orqaga yurib, keyin ikki qadam oldinga tashlaymiz.

Futzalga etibor va munosabat oldingidan ancha yaxshi boladi. Biz bir yil avval uy-safar uchrashuvlarini sinab korishga qaror qildik, formatlarni sinadik. Endi odamlarda tasavvur paydo bolyapti, ularda solishtirish imkoni tugildi, ozimiz esa fikrlayapmiz. Kelasi yil uchun litsenziyalash talabi allaqachon ishlab chiqilgan. Endi istalgan futzal klubi ham chempionatda ishtirok eta oladi. Faqatgina litsenziyalash talablariga javob bersa bolgani. Oldinda qiladigan ishlarimiz, rejalarimiz bor. Kimlardir esa bitta maglubiyatdan shunday fojia yasayaptiki, bu yerda xuddiki shaxsiy garaz yotgandek.

2019-yilgi mavsum uchun litsenziyalash talabi elon qilindi. Bu ish berishiga qanchalik ishonasiz?

Komissiya buning ustida jiddiy ishladi. Yil davomida yol qoyilgan xato va kamchiliklar organildi, futbol rivojiga bolta bolayotgan illatlar haqida endi yaxshi bilamiz. Hozir hamma ishga shay turibdi, shartnomalar, yoshlar futboli, futzal va ayollar futbolida katta ijobiy ozgarishlar boladi. Shularning oziyoq oldinga kattagina qadam tashlashimiz uchun turtki beradi. Faqatgina ozgina sabr kerak. Madomiki ishonch bilan shu ishlarni berishdimi, ozgina vaqt ham berishlari kerak. Axir qanday qilib 20 yillar davomida ozgarmagan futbolni, biz qandaydir 1 yilda ozgartirib qoyishimiz mumkin? Bu oson emas-ku.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-12-2018, 21:45)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -