» » “Shu bayroqqa o‘tirib olgim kelyapti” – O‘zbekiston bayrog‘i haqida nomaqbul gaplar aytgan qiz barchadan kechirim so‘radi (video)

“Shu bayroqqa o‘tirib olgim kelyapti” – O‘zbekiston bayrog‘i haqida nomaqbul gaplar aytgan qiz barchadan kechirim so‘radi (video)


Ijtimoiy tarmoqlardaToshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yonida qad ko‘targan bayroq oldida nomaqbul gaplar aytgan qiz videosi tarqaldi, deya xabar qilmoqda Everyday.

Videoda qiz: “Ona, biz Toshkentga keldik, Timati konsert berib turgan edi-ku, kelgunimizcha ketib qolibdi” — deya baqiradi. Shundan so‘ng qiz o‘sha maydonga o‘rnatilgan bayroqni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. “Ona, manavi bayroqning uzunligini qarang, ustiga o‘tirsa bo‘ladi, ona”, — deya gapiradi. Ushbu so‘zlardan so‘ng uning do‘stlari ham jo‘r bo‘lib kuladi.

Shundan so‘ng uning bu xatti-harakatlari internet foydalanuvchilari orasida yomon munosabat bilan kutib olindi. Hattoki xonanda Tolibjon Isroilov ham uning bu harakatlarini qoralab videomurojaat qildi.

Qiz ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarni ko‘rgandan so‘ng barchadan kechirim so‘rash uchun videomurojaat qildi.

“Men bu videoda bayroqni gapirib noto‘g‘ri ish qildim. Men ham O‘zbekistonda tug‘ilganman, o‘zbek xalqining qiziman. Bu shunchaki parodiya edi, bayroqni haqorat qilmoqchi emas edim. Men xato gapirib qo‘ydim”, – deydi video “qahramoni”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют