» » O‘zbekistonda ommabop telekanallar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda ommabop telekanallar reytingi e’lon qilindi


Joriy yilning 22-fevralidan 24-fevraliga qadar Telegram’dagi ommabop kanallarda O‘zbekistondagi telekanallarning reytingini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil etildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Uzreport TV, Milliy TV va MY5 telekanallari kuchli uchlikdan joy oldi. Tahlillar Telegram’dagi mingdan ziyod auditoriyaga ega 7 ta kanallarda o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, ko‘ngilochar telekanallar orasida tomoshabinlarning nisbatan ko‘p qismi Milliy TV’ni, axborot kanallari orasida esa Uzreport TV’ni qayd etishgan.

Internetdagi ovoz berish natijalari shuni ko‘rsatdiki, so‘rovchilarning 36,6 foizi Uzreport TV’ni, 17,8 foizi Milliy TV’ni tomosha qilishlarini ta’kidlashgan, uchinchi o‘rinni esa so‘rovchilarning 17,7 foiz ovozi bilan MY5 telekanali egalladi.

Reytingning keyingi pog‘onasida quyidagi telekanallar qayd etildi: “Kinoteatr” (9,3%), “Yoshlar” (4,8%), “O‘zbekiston” (4,2%), “Sport” (3,0%) va yangi ochilgan “Zo‘r TV” (2,3%).

So‘rovnoma turli tashkilotlarning reklama kampaniyalari faoliyatini samarali rejalashtirish uchun teletomoshabinlarning obyektiv munosabatini bilish maqsadida o‘tkazildi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (1-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют