» » Microsoft yangi brauzer ustida ishlamoqda

Microsoft yangi brauzer ustida ishlamoqda


Microsoft korporatsiyasi Google’ning Chromium platformasi asosida yangi brauzer ustida ishlamoqda. Bu haqda Windows Central xabar berdi.

Yangi brauzer loyihasi Anaheim ishchi nomi bilan atalmoqda va Edge brauzerining o‘rnini egallashi kerak. Avvalroq Microsoft, Google va Qualcomm kompaniyalari hamkorlikda Chrome’ning ARM protsessorli Windows 10 uchun mo‘ljallangan maxsus talqinini yaratish bo‘yicha ishlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Xabar berilishicha, Microsoft to‘liq yangi brauzer ustida ishlamoqda, unga asos sifatida Chromium olingan. Yangi brauzerning 2019-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.

Ayni paytda Windows 10 ning brauzeri Microsoft Edge hisoblanadi. Mazkur brauzerning Internet Explorer o‘rnini egallashi kutilgan edi, biroq kompaniya ikkala brauzerni ham qoldirishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют