» » APL. “Manchester Siti” yana g‘alaba qozondi, bugun “Manchester Yunayted” “Arsenal” bilan jang qiladi

APL. “Manchester Siti” yana g‘alaba qozondi, bugun “Manchester Yunayted” “Arsenal” bilan jang qiladi


4-dekabr oqshomida futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasida 15-turning 4 ta bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “Vest Hem” jamoasi o‘z maydonida “Kardiff”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Lukas Peres dublga erishdi, yana bir gol Maykl Antonio hisobiga yozildi. Mehmonlarning yagona javob goli Myorfi tomonidan kiritildi.

“Brayton” o‘z uyida “Kristal Pelas”ni mehmon qilib, 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“Bornmut” “Haddersfild” bilan “Din Kort” stadionida kuch sinashdi. Mezbonlarga Kallum Uilson va Rayan Freyzerning birinchi bo‘limda kiritgan gollari uch ochkoni taqdim qildi.

Musobaqa karvonboshishi “Manchester Siti” esa safarda “Uotford” mehmoni bo‘lib, Leroy Sane va Riyad Mahrezning gollari evaziga navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

5-dekabr sanasida tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, turning markaziy o‘yini “Old Trafford”da kechadi. Unda Joze Mourinyo boshliq “Manchester Yunayted” Unai Emeri qo‘l ostidagi “Arsenal”ga qarshi jang qiladi. Bellashuv 01:00 da boshlanadi.

Angliya premyer ligasi

15-tur bellashuvlari

4-dekabr, seshanba

Gollar: 1:0 – 49 Peres, 2:0 – 54 Peres, 3:0 – 61 Antonio, 3:1 – 90 Merfi.

Gollar: 1:0 – 24, penalti Myurrey, 2:0 – 31 Balogun, 3:0 – 45 Andone, 3:1 – 81, penalti Milivoyevich.

Gollar: 1:0 – 5 Uilson, 2:0 – 22 Freyzer, 2:1 – 38 Kongolo.

Gollar: 0:1 – 40 Sane, 0:2 – 51 Mahrez, 1:2 – 85 Dukure.

5-dekabr, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют