» » O‘zbekiston Turkmanistonga 17 million dollarlik qishloq xo‘jaligi texnikasini jo‘natadi

O‘zbekiston Turkmanistonga 17 million dollarlik qishloq xo‘jaligi texnikasini jo‘natadi


O‘zbekiston Turkmanistonga 17 mln AQSh dollariga teng qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib beradi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Umumiy qiymati 17 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 100 dona paxta kombayni, 1502 dona kultivator, 600 dona ventilyatorli purkagich va 200 dona ko‘rak terish mashinalarini Turkmanistonga yetkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

2018-yilda “O‘zagrotexsanoatxolding” tizim korxonalari tomonidan jami 9243 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqilgan. Shundan 3123 tasi traktor, 379 dona pritsep, 1104 ta ishlov berish texnikasi xaridorlar va fermerlarga yetkazib berilgan.

Bundan tashqari, 672 dona paxta seyalkasi, 239 dona g‘alla seyalkasi, 556 dona paxta va g‘alla o‘rish kombayni, 1074 ta paxta kultivatori va 2086 dona boshqa texnikalar ishlab chiqilgan.

“O‘zagrotexsanoatxolding” ishlab chiqarilayotgan texnikalarni 30-40% gacha maxalliylashtirish bo‘yicha 3-4 yil ichida amalga oshirish belgilangan 3 bosqichli dasturni amalga oshirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют