» » O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi boshlandi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi boshlandi


Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qism va dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shin turlari, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari o‘rtasida an’anaviy o‘tkazilayotgan eng katta ko‘rik-tanlov – “Eng ilg‘or mutaxassis”ning yakuniy bosqichi boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tanlovning tantanali ochilish marosimida Mudofaa vazirligi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari so‘zga chiqib, “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovi harbiy xizmatchilarda yuksak jangovar tayyorgarlik va professionallikni oshirish, qo‘shinlarda o‘zaro musobaqa ruhini kuchaytirish, harbiy mutaxassislarda yetakchilik xususiyatlarini rivojlantirish, harbiy jamoalarda sog‘lom raqobatbardosh va ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganligini qayd etdi.

Tanlovning dastlabki bosqichlari qo‘shinlar tarkibi, harbiy okruglarda kuchli raqobat muhitida o‘tkazildi. Quyi bosqich g‘oliblari – eng ilg‘or serjant, guruh, vzvod va batalon komandirlari harbiy uchkurash, taktika, o‘t ochish, jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarliklar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashmoqda.

Qurolli Kuchlar miqyosida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovi 2004-yilning fevralida tashkil etilgan.

“Eng ilg‘or mutaxassis” tanlovida harbiy qism va muassasalarda bir yildan ziyod xizmat qilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etishi mumkin. Ular tanlovning “Eng ilg‘or serjant”, “Eng ilg‘or guruh komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri”, “Eng ilg‘or batalon (divizion) komandiri” va “Eng ilg‘or qo‘shilma (brigada) komandiri” nominatsiyalari bo‘yicha o‘zaro bellashadi.

Tanlov bahslari 7-dekabr kuniga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют