» » O‘zbekistonda markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar ro‘yxati e’lon qilindi


O‘zbekistonda 2019-yil 1-avgustdan boshlab import qilinadigan va mahalliy tovarlarni majburiy markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi. Markirovkalash uchun tovarning toifasiga qarab, himoya belgisi yoki nano-molekulyar texnologiya qo‘llaniladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vino, pivo, benzin, dizel yoqilg‘isi, dori vositalari, o‘g‘it, atir, soch yuvish vositalari, kosmetika vositalari, sovun va boshqa ko‘plab tovarlar markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu mahsulotlarni 2019-yil 1-avgustdan keyin markirovkasiz sotish taqiqlanadi. Ro‘yxatga keyinchalik kiritiladigan tovarlarga kelsak, ularni markirovkalash uchun 180 kun muhlat beriladi.

Markirovkalash bilan xizmatni yetkazib beruvchi shug‘ullanadi. Uni O‘zbekiston Prezidenti uzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2019-yil 1-fevralgacha tanlaydi. Shartnoma muddati davomida ko‘rsatiladigan xizmat narxini qayd etgan holda, u bilan besh yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatda shartnoma tuziladi.

Markirovka tartibi, narxi va boshqa ma’lumotlar 2019-yilning 1-yanvarida belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют