» » NATO Rossiyani o‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi kelishuvni buzganlikda aybladi

NATO Rossiyani o‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi kelishuvni buzganlikda aybladi


NATO Rossiyani o‘rta va kichik uzoqlikdagi raketalar to‘g‘risidagi kelishuvni buzganlikda ayblagan. “Biz Rossiya o‘z majburiyatlarini buzayotganligi to‘g‘risida AQShning bayonotini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi bayonotda. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Alyansning fikricha, Rossiya tomonidan 9M729 raketa tizimining ishlab chiqilishi shartnoma buzilishiga xizmat qildi. Rossiyalik senator Frans Klinsevich ushbu fikrni “yolg‘on” deb atadi, sababi ushbu raketaning masofasi 500 kilometrdan kamni tashkil qiladi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo agar Rossiya 60 kun davomida shartnomani bajarishga qaytmasa Amerika tomoni kelishuvdan chiqadi.

NATOning bayonotidan so‘ng RF TIV vakili Mariya Zaxarova Rossiya shartnoma nizomlariga to‘liq amal qilayotgani va Amerika tomoniga bu ma’lumligini aytdi.

AQSh va Rossiya bir necha bor bir-birini ushbu kelishuvni buzganlikda ayblagan. 2018-yilda AQSh prezidenti Donald Tramp kelishuvdan chiqish bilan qo‘rqitgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют