» » O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh prokurorlari ekstraditsiya bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh prokurorlari ekstraditsiya bo‘yicha muzokara o‘tkazdi


O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov 5-dekabr kuni Ostonada Qozog‘iston bosh prokurori Kayrat Kojamjarov bilan muzokara o‘tkazgan. Bu haqda Qozog‘iston bosh prokuraturasi axborot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi “Turon 24”.

Otabek Murodov Kayrat Kojamjarov bilan xalqaro kelishuvlar doirasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, jinoiy-huquqiy soha, ekstraditsiya va jinoiy daromadlarni qaytarish masalalarini muhokama qildi. Asosiy e’tibor terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash muammolariga qaratilgan.

“O‘zbekiston — xalqaro hamkorlik bo‘yicha bizning asosiy sherigimiz. Har yili o‘nlab jinoyatchilarni ekstraditsiya qilamiz, jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordamlar ko‘rsatamiz”, degan Qozog‘iston bosh prokurori.

Masalan, 52 o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobusning egasi O.M. 2018-yil 20-noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida ushlangan. U o‘sha paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib, voqea joyidan yashiringan edi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi ikki yilda O‘zbekistondan Qozog‘istonga 5 nafar shaxs, aksincha esa 127 fuqaro ekstraditsiya qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют