» » Samsung O‘zbekistonda biznes uchun zamonaviy yechimlarni taqdim etdi

Samsung O‘zbekistonda biznes uchun zamonaviy yechimlarni taqdim etdi


5-dekabr kuni Samsung Electronics kompaniyasi Toshkentda ilk marotaba ishbilarmonlar uchun B2B formatida konferensiya o‘tkazdi, unda korporativ segment uchun yangi zamonaviy qurilmalar va biznesga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy yechimlar namoyish etildi.

Samsung kompaniyasi O‘zbekistonni B2B segmentida yetakchi bozor deya ta’kidlamoqda, va ayniqsa hozirgi tezkor iqtisodiy o‘zgarishlar davri va korporativ biznes sohasi rivojlanayotgan bir paytda.

Iste’molchilar uchun elektronika bozoridagi global yetakchi mamlakatimizda bir necha yillardan buyon faoliyat olib bormoqda, uning yangi zamonaviy g‘oyalari mahalliy kompaniyalar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.

Masalan, Toshkent Xalqaro aeroportida reyslar haqida dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini yaratuvchi Samsung axborot displeylari o‘rnatilgan.

O‘zbekistondagi yirik qurilish tashkilotlaridan biri Golden House’ning shourumi ham Samsung tomonidan jihozlangan. Bu yerda xonadon xaridorlari taqdimotlar uchun mo‘ljallangan Samsung Flip raqamli displeylari va devoriy video qurilmalar orqali yangi turar joy komplekslari haqida ma’lumotga ega bo‘lishadi.

Toshkentliklar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan KFC tezkor tamaddi qilish restoranlari tarmog‘i ham MagicInfo maxsus o‘rnatilgan kontentni boshqarish tizimiga ega Samsung axborot displeylarini qo‘llab kelmoqda. Mazkur TV-panellarda mijozlar uchun narxlar va restoranning foydali takliflari haqidagi kerakli ma’lumotlar aks ettirilgan.

B2B konferensiyasi ishtirokchilari mobil qurilmalar uchun Samsung KNOX axborot xavfsizligi zamonaviy tizimi, ma’lumotlarni ulkan joyda taqdim etish imkonini yaratuvchi devoriy video displeylar, taqdimotlar uchun mo‘ljallangan Samsung Flip sensorli funksional displeylari, LED-panellar, monitorlar, ma’lumotlarni saqlash uskunalari, “yarimsanoat” sovutgichlari va boshqa ishlanmalar bilan tanishib chiqishdi.

Kompaniya o‘z mahsulotlarining yuqori sifatga ega ekanligi va ishonchliligini tasdiqlaydi hamda har bir mijozga individual yondashuv ya’ni kerakli tavsiyalar berish, texnik qo‘llab-quvvatlash, uskunaning kelsugidagi holati bo‘yicha ham xizmat ko‘rsatish haqida qayg‘uradi. Samsung mahsulotlari kafolatga ega bo‘lib, u faqatgina O‘zbekistonning barcha yirik shaharlaridagi maxsus ro‘yhatdan o‘tgan Samsung servis markazlarida taqdim etiladi.

Qolaversa, Samsung biznes-jarayonlarning samaradorligini oshirish maqsadida Samsung tomonidan ishlab chiqilgan IT-g‘oyalarni muvaffaqiyatli qo‘llovchi ko‘plab mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Barcha hamkorlik masalalari bo‘yicha quyidagi manzilga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

temirlan.k@samsung.com

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 49) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют