» » “Moskva—Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd vagonidagi o‘rindiqlar ostidan 76 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari topildi

“Moskva—Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd vagonidagi o‘rindiqlar ostidan 76 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari topildi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Keles” temir yo‘l stansiyasiga kirib kelgan “Moskva—Toshkent” yo‘nalishidagi xalqaro qatnov poyezdini bojxona nazoratidan o‘tkazish davomida O‘zbekistonga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy tarzda kirib kelishining oldi olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Nazorat davomida fuqaro T.U.ning belgilangan bojxona qonunchiligiga rioya etmasdan tovar-moddiy boyliklarini O‘zbekistonga olib kirayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Qoidabuzar umumiy qiymati qariyb 76 million so‘mlik pishloq, dudlangan baliq, bolalar ozuqasi kabi sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy ravishda vagonning yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqlari ostiga yashirgan holda olib kirmoqchi bo‘lgan ekan.

Hozirda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tovar-moddiy boyliklar huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yilib, holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют