» » Buxorolik fuqaro birovning ishonchiga kirib unga tegishli Captiva avtomobilini sotib yubordi

Buxorolik fuqaro birovning ishonchiga kirib unga tegishli Captiva avtomobilini sotib yubordi


Buxoro shahrida 3-dekabr kuni A.Somiy ko‘chasida yashovchi fuqaro F.S. IIBga murojaat qildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda shu yil 19-iyul kuni Buxoro tumanida yashovchi J.S. fuqaro F.S.ga tegishli Captiva rusumli avtomashinasini 31000 AQSh dollariga sotib olishini, oldindan 2000 AQSh dollarini berib, qolgan 29000 AQSh dollarini 3 kun ichida berishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, avtomashinani olib ketganligini va shu kunning o‘zida avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida J.S. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют