» » Singapur hukumati gazli ichimliklarni savdosini chegaralab qo‘ymoqchi

Singapur hukumati gazli ichimliklarni savdosini chegaralab qo‘ymoqchi


Singapur hukumati gazli ichimliklar savdosini chegaralab qo‘ymoqchi. Agar cheklovlar tatbiq etilsa, Singapur gazli ichimliklar savdosi chegaralangan jahondagi yagona mamlakatga aylanadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hukumat mamlakatda gazli ichimliklarning savdosini cheklash yo‘li bilan qandli diabetga qarshi kuramoqchi. Taklif Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ilgari surilgan.

Cheklovlar mazkur mahsulot turlarini ishlab chiqarish va uning importiga qo‘yiladigan soliqni oshirish bilan bog‘liq. Shuningdek, mahsulot reklamasi, yorliqlardagi foyda va zarar haqidagi ma’lumotlar ham taqiqlanishi mumkin. Taqiqlangan ichimliklar ro‘yxatiga shuningdek sok, energetik ichimliklar, ichiladigan yogurtlar hamda “uchtasi birda” quruq kofe kukunlari ham joy olgan.

Ma’lumot uchun, Singapur aholisi rivojlangan mamlakatlar ichida qandli diabet bilan hastalanganligi bo‘yicha birinchi o‘rinda. Aholining 11% qandli diabet bilan hastalangan. Tadqiqotlarga ko‘ra, 2050-yilga Singapur aholisining bir millionga yaqini qandli diabet bilan hastaligidan aziyat chekadi.

Mutaxassislar ma’lumotida har bir singapurlik kuniga 12 choy qoshiq (60 gr.) shakar iste’mol qilishi aytilmoqda. Iste’mol qilingan shakarning yarmi esa, ichimliklarga to‘g‘ri kelmoqda.

Straits Times nashri o‘tkazgan so‘rov natijalari aholi hukumat qarorini qo‘llab quvattlashini ko‘rsatmoqda. Biroq, singapurliklar “katostrafik effekt”dan ham havotirda. So‘rov ishtirokchilari narx-navoning oshib borishiga qaramasdan, aholi ichimliklarni sotib olishda davom etishi mumkinligini aytishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют