» » Rossiya Ukraina fuqarolari uchun mamlakatga kirishni taqiqlamaydi

Rossiya Ukraina fuqarolari uchun mamlakatga kirishni taqiqlamaydi


Rossiya hukumati RFga Ukraina fuqarolarini kiritish uchun cheklovlar joriy etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarorning zamirida nima yotgani barchaga ma’lum. Ukraina hukumati oddiy odamlar hisobiga o‘zlarining tushib ketayotgan reytingini ushlab qolmoqchi.

Avval xabar berilganidek, Oliy rada 26-noyabr kuni Ukraina prezidenti mamlakatning 10 ta viloyatida 30 kunga harbiy holat joriy etish to‘g‘risida qarorini imzolagan.

Bundan tashqari, Poroshenko RFning 16 dan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolari uchun mamlakatga kiritilishi taqiqlanishini ma’lum qilgandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z o‘rnida RF Ukraina fuqarolari uchun javob taqiqlar joriy etilmasligini, aksincha ularning RFda bo‘lishi va fuqarolik olish tartiblarini yengillashtirishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют