» » Tojikistonlikning boshini kesib tashlagan o‘zbekistonlik, davlat kompaniyasiga aylangan Ucell, dom-daraksiz yo‘qolgan Dubay malikasi va kunning boshqa muhim xabarlari

Tojikistonlikning boshini kesib tashlagan o‘zbekistonlik, davlat kompaniyasiga aylangan Ucell, dom-daraksiz yo‘qolgan Dubay malikasi va kunning boshqa muhim xabarlari


5-dekabrning asosiy yangiliklari “Daryo” dayjestida.

Rossiyaning Volgograd viloyatidagi Baxtiyarovka qishlog‘ida chorvachilik fermasida O‘zbekiston fuqarosi tojikistonlik hamkasbining boshini kesib tashladi. Jinoyat izlarini yashirish uchun u marhumning boshini kesib olib, pechga tashlagan, tanasini esa og‘ilxonadan tashqariga chiqarib, pichan g‘aramiga yashirib qo‘ygan. Hamkasbining boshini pechga tashlashini u marhumning undan ko‘z uzmay turishi asabiga tekkani bilan izohlagan.

***

Coscom (Ucell brendi) mobil operatorining 94 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Telia shved-fin kompaniyasi o‘zining barcha ulushini 215 million dollar evaziga O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasiga sotdi. Mobil operatorga avval Uzmobile milliy operatori direktori bo‘lib ishlagan Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.

***

Birlashgan Arab Amirliklarining vitse-prezidenti Muhammad ibn Rashid al-Maktumning qizi Latifa bin Muhammad al-Maktum mamlakatdan qochishga besamar urinishlaridan so‘ng, dom-daraksiz yo‘qolib qoldi. Dubay rasmiylari malika haqida hech qanday ma’lumotlar bermagan. Mamlakatdagi manbalarning bergan ma’lumotiga ko‘ra: “malika o‘z oilasi davrasida baxtli hayot kechirmoqda”.

***

Samarqand viloyatining Jomboy tumani fermer xo‘jaliklari 585 ga yerda 5500 tonna achchiq qalampir yetishtirdi, ammo ushbu hajmdagi qalampirga xaridor topilmadi. Fermerlar o‘zi yetishtirgan mahsulotlarini Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlariga eksport qilishni rejalashtirgandi. Ammo importer mamlakatlarga ushbu mahsulotni olib kirishga vaqtincha taqiq qo‘yilganligi sababli garmdoriga bo‘lgan talab susaydi.

***

Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, belgilanmagan asoslar bo‘yicha transport vositalarini to‘xtatib tekshirish taqiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют