» » Moliya vazirligi: 2021-yilda O‘zbekistonda aholi jon boshiga daromad 2 ming dollarni tashkil etadi

Moliya vazirligi: 2021-yilda O‘zbekistonda aholi jon boshiga daromad 2 ming dollarni tashkil etadi


Moliya vazirligining prognoziga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) 1956 dollarni tashkil etadi. Bu haqda 5-dekabr kuni “Fuqarolar uchun budjet ma’lumotlari” byulletini taqdimotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Turon 24”.

2021-yilda mamlakat YaIM hajmi 637,9 trillion so‘mni, inflyatsiya darajasi esa 9,9 foizni tashkil etadi. Ish bilan band aholi soni 13,2 million kishini tashkil etadi.

Shuningdek, 2021-yilda mamlakat YaIMsida qishloq xo‘jaligi ulushi kamayadi va 13 foizni tashkil etadi. Xizmat ko‘rsatish sohasining YaIMdagi ulushi ortadi va 73,5 foizni tashkil etadi. Hozirda qishloq xo‘jaligining YaIMdagi ulushi 17,5 foizni, xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi esa 45 foizni (2018-yilning 9 oyi mobaynida) tashkil etgadi.

Qayd etish joizki, Moliya vazirligining aholi jon boshiga daromad 2000 dollarni tashkil etishi to‘g‘risidagi prognozlari bazis ssenariy asosida hisoblangan. Bunda neft va oltin narxlarining keskin pasayishi, zaxira valyutalarining devalvatsiyasi, inflyatsiya darajasining keskin o‘sishi kabi tashqi ehtimol hisobga olinmagan.

2017-yilda aholi jon boshiga YaIM 7,7 million so‘mni (948 dollar) tashkil etgandi. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, O‘zbekiston qashshoq mamlakatlar ro‘yxatida 8-o‘rinni egallagan.

2018-yilning 9 oyi mobaynida aholi jon boshiga YaIM hajmi 894 dollarni tashkil etgan. Moliya vazirligining prognozicha, 2018-yilning oxiriga qadar aholi jon boshiga YaIM hajmi 1200 dollarni tashkil etishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют