» » Xorijda O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi birinchi oliy ta’lim muassasasi ochiladi

Xorijda O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi birinchi oliy ta’lim muassasasi ochiladi


2019-yilda Minsk shahrida amaliy mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan O‘zbek-belarus qo‘shma instituti ochiladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Belarus davlatiga ishchi tashrifi davomida bu borada shartnoma imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Amaliy mutaxassisliklar instituti Belarus milliy texnika universiteti bazasida tashkil etilib, yangi institutda asosan iqtisodiyotning real sektorlarida talab yuqori bo‘lgan malakali ishchi mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor beriladi.

Qo‘shma institutga ikkala davlat fuqarolari kelgusi o‘quv yilidan boshlab talabalikka qabul qilish rejalashtirilgan. Institutda o‘quv jarayoni xalqaro standartlar asosida ikki davlat o‘quv rejalariga tayangan holda olib boriladi. Shuningdek, yangi institut bazasida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladigan qo‘shma markaz tashkil etiladi.

Belarus milliy texnika universiteti qoshidagi “Politexnik” ilmiy-texnik parkida Inomjon Majidov belaruslik hamkasbi Igor Karpenko bilan uchrashdi. Muloqot davomida o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilib, uchrashuv yakunida ikki vazirlik o‘rtasida tuzilgan Bitimni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Muzokaralarda Belarus tomoni bilan qurilish, avtoservis va jamoat ovqatlanishini tashkil etish kabi bugungi kunda jamiyatda talab yuqori bo‘lgan sohalarda malakali kadrlar tayyorlash, ko‘p tarmoqli resurs markazlarini yaratish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют