» » Uorren Bitti AQSh kinoakademiyasi prezidentidan “Oskar” marosimidaga chalkashlikka izoh berishni talab qildi

Uorren Bitti AQSh kinoakademiyasi prezidentidan “Oskar” marosimidaga chalkashlikka izoh berishni talab qildi


AQSh kinoakademiyasi prezidenti “Oskar” mukofotini topshirish marosimida yo‘l qo‘yilgan chalkashlik bilan bog‘liq vaziyatga tezda oydinlik kiritishi lozim. Bu haqda aktrisa Fey Danauey bilan birga yilning eng yaxshi filmi nomi bitilgan konvertni ochgan taniqli aktyor Uorren Bitti ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. 

“Akademiya prezidenti Sheril Bun Ayzeks aslida nima bo‘lganini oshkora tushuntirib bergani o‘rinli bo‘lardi. Buni imkon boricha tezroq qilingani ma’qul”, — deya ta’kidladi Bitti. 

AQSh kinoakademiyasi marosimdagi mojaro uchun 27-fevral, dushanba kuni kechirim so‘radi.

Anglashilmovchilik uchun javobgarlikni 1934-yildan beri byulletenlarni yuborish va kinoakademiklar ovozlarini hisoblash, laureatlar nomi bitilgan konvertlarni asrash va boshlovchilarga yetkazishga mas’ul bo‘lgan PricewaterhouseCoopers (PwC) auditorlik kompaniyasi zimmasiga oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют