» » Ektor Kuper: Osiyo chempioni bo‘lsak, natijadan qoniqaman

Ektor Kuper: Osiyo chempioni bo‘lsak, natijadan qoniqaman


6-dekabr, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Kuper jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Avstraliyadagi yig‘indan keyin jurnalistlarda ko‘plab savollar paydo bo‘ldi. Xatolarimiz yetarlicha bo‘ldi. Barcha uchun yutqazish yoqimsiz. Buning ijobiy tomonlari bor. Bu murabbiy uchun ijobiy. Ya’ni mag‘lubiyatdan so‘ng kamchiliklarimizni bilib oldik. Osiyo Kubogi haqida gapiradigan bo‘lsak umidim katta. Yigitlarni yaxshi tayyorlagan holda yetarli kuch bilan boramiz degan umiddaman, — deya so‘z boshladi Ektor Kuper.

— Oltita o‘rtoqlik o‘yini va uchta yig‘in sizga terma jamoani o‘rganib olish uchun yetarli bo‘ldimi?

— Men o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarni ajratmayman. Ikkalasiga bir xil tayyorgarlik ko‘ramiz. Fransiya ham himoyaviy o‘yin ko‘rsatib Jahon chempioni bo‘ldi. Agar men xato qilayotganimni sezsam darhol o‘zgartiraman. Balki Osiyo Kubogida boshqacha taktikada o‘ynarmiz. Buni bilmaymiz.

— Oktabr oyida siz noyabr oyidagi yig‘indan so‘ng Osiyo Kubogiga boradigan tarkib 90 foizga aniq bo‘ladi degandingiz. Superliga ham tugadi. Barchasi hal bo‘ldimi? — To‘g‘ri noyabr oyida degandim. Ammo oldinda yana bitta yig‘in bor. Ushbu yig‘inda ham bir qator yangi futbolchilarni sinab ko‘ramiz. Shundan keyin yakuniy tarkibni aniqlaymiz.

— Livan bilan o‘yindan oldin biz favorit hisoblangandik. Ammo o‘sha jamoaga qarshi ham himoyaviy o‘ynadik. Osiyo Kubogi guruh bosqichida o‘zimizdan nisbatan ikkita terma jamoa bilan o‘ynaymiz. O‘sha o‘yinlarda ham himoyaviy o‘ynaymizmi? — Nazariy jihatdan qaysidir raqib qog‘ozda kuchsiz bo‘lishi mumkin. Biz barcha raqibga bir xil yondoshamiz. Mening taktikam himoyaviy emas. Menga himoya qilish ham yoqadi, hujum qilamiz. Xavotir olmasangiz bo‘ladi, bizda B plan bor. Yaxshi himoyalangan holda vaziyat bo‘lgani zahoti hujumga o‘tishga harakat qilamiz.

— Odatda murabbiylarda ikki xil muammo bo‘ladi. Bittasi futbolchi ko‘pligidan ulardan qaysi birini chaqirishni bilmaydi, ikkinchisi futbolchi kamligidan qiynaladi. Bundan tashqari Rossiyada o‘ynayotgan Markov, Galiulin, Afonin va Denisov kabi futbolchilarga e’tibor qaratilmoqdami? — Germaniyada futbolchilar ko‘p. Lekin Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmadi. Chetda o‘ynayotgan futbolchilar hozirgi futbolchilardan kuchli deya olmaymiz yoki aksincha. Doim murabbiyning qaroriga qarshi chiqadigan odamlar bo‘ladi. Bunday holatda muvozanatga erishish lozim.

— Hozirgi tarkibdan kelib chiqqan holda O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida qanday natija qayd etsa siz qoniqasiz? — Osiyo chempioni bo‘lsak. Doim muxlislar natijaga e’tibor qiladi va taktikaga qiziqmaydi. Superligani kuzatdim, qanot himoyachilar juda yaxshi o‘ynashmoqda. Ammo mening ham o‘z qarashlarim bor, shunga qarab ishlaymiz. Noyabr oyida ikki o‘yinda yuta olmadik ko‘pchilik barchasi yomon deb aytdi, oktabr oyida ikki o‘yinda yutdik va barchasi yaxshi deyishdi. Ammo bunday emas. Barcha joyda kamchiliklarimiz bor. Ular ustida ishlashimiz kerak.

— Maydonda barchasini futbolchi bajarishini hisobga olib Sizning taktikangiz balki futbolchilarga ma’qul kelmayotgandir. Ular bilan birga bir suhbatlashasizmi? Teoriyada nimalarni gaplashasizlar? — Hozircha futbolchilar men talab qilayotgan ishni qila olishiga 100 foiz ishonaman. Men murabbiyman, barcha xato qiladi. Agar o‘yinchilar buni bajara olmayaptimi uni o‘zgartirishimiz mumkin.

— Turkiyadagi yig‘indagi raqiblar ma’lum bo‘ldimi? — U yerda bitta o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladi. 26 yoki 27-dekabr kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazamiz.

— Muxlisdan savol: Osiyo Kubogida ham shunday o‘ynaymizmi? Yoki Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz bilib qolmasligi uchun o‘yinni ochmadingizmi?  Barcha terma jamoada o‘z taktikalari bo‘lishi kerak. Osiyo Kubogida ham shu uslubda o‘ynaymiz deb bo‘lmaydi. Barcha jurnalistlar pessimistik ruhda savollar berishmoqda. Men esa optimistik ruhdaman. Xudo xohlasa, Osiyo Kubogida ham chempion bo‘lishimiz mumkin.

— Muxlisdan savol: Rossiya ham Jahon chempionatidan avval barcha o‘rtoqlik o‘yinlarida salbiy natija qayd etdi va mundialda ajoyib o‘ynadi. Sizga “ayyor finalchi” degan laqab qo‘yilgan. Sizdan ham Osiyo Kubogi finalini kutishimiz mumkinmi? — To‘ppa-to‘g‘ri. Ilojsiz narsani o‘zi yo‘q. Osiyo Kubogida nafaqat finalga chiqish balki g‘alaba qozonish ham mumkin. Mag‘lubiyatlardan keyin jurnalistlarda ham, muxlislarda ham kayfiyat tushib ketadi. Menda bu narsa ko‘p bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют