» » “Mening armiyam – mening faxrim!” ijodiy ishlar ko‘rik-tanloviga start berildi

“Mening armiyam – mening faxrim!” ijodiy ishlar ko‘rik-tanloviga start berildi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 27 yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Mening armiyam—mening faxrim!” ijodiy ishlar ko‘rik-tanloviga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ijodiy ishlar 2019-yilning 5-yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tegishli ma’lumotlar bilan yuborilishi lozim.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish uchun professional va havaskor yo‘nalishlarda harbiy vatanparvarlik mavzusidagi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishlar qabul qilinadi:

Tanlovga taqdim etilgan va dastlabki saralashdan o‘tgan har bir ish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Tanlov qatnashchilari mustaqil ravishda yoki ish (xizmat) joyi orqali o‘z asarlarini “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek xiyoboni, 98” manzili bo‘yicha “tanlovga” degan belgi bilan ariza yo‘llashlari mumkin.

Arizani rasmiylashtirish talablariga rioya etmaslik kuzatilsa, tanlov materiallari ko‘rib chiqilmaydi.

Yuborilgan ishlar nominatsiyalar bo‘yicha quyidagi tartibda baholanadi:

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Toshkent fotosuratlar uyida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” arafasida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют