» » O‘z ofisida pichoqlangan Murod Xonto‘rayevga hujum qilganlar shaxsi aniqlandi (video)

O‘z ofisida pichoqlangan Murod Xonto‘rayevga hujum qilganlar shaxsi aniqlandi (video)


“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida Toshkentda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevga hujum qilganlar shaxsiga aniqlik kiritilgani haqida ma’lum qilindi.

Ammo ta’kidlanishicha, Jinoyat protsessual kodeksiga asosan tergov harakatlari siri sabab jinoyat ishi bo‘yicha tafsilotlar o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tergov harakatlaridan so‘ng ma’lum qilinadi.

Xonto‘rayevni IIBBning qora niqobli xodimlari tomonidan kasalxonadan olib ketilishi voqeasiga ham aniqlik kiritildi. Ma’lum qilishlaricha, salomatligi yaxshilangani bois, Xonto‘rayev 30-noyabr kuni tergovda qatnashish uchun kasalxonadan olib ketilgan. Tergovdan so‘ng Xonto‘rayev yana (hozirda) davolanishga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, Xonto‘rayev 26-noyabr kuni Toshkentdagi ofisida qora kiyimli, niqob taqqan 10 nafar noma’lum shaxsning hujumiga uchragan edi. Internetda qora niqoblilarning ofisga bostirib kirishi aks etgan videoyozuvlar ham tarqaldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют