» » “O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonov, Doston Ubaydullayev va Jahongir Poziljonovlarning klipini TV da ko‘rsatilishiga ruxsat bermadi

“O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonov, Doston Ubaydullayev va Jahongir Poziljonovlarning klipini TV da ko‘rsatilishiga ruxsat bermadi


5-dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi muassasa matbuot xizmati.

Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Iroda Dilrozning “O‘g‘lim”, Sharof Muqimovning “Qora ko‘zlar”, xonandalar Zilola Musayevaning (Shahzoda) “Men o‘sha”, Otabek Muhammadzohidning “Ona”, Qilichbek Madaliyevning “Sevgi”, Jasur Mavlonovning “Netay” qo‘shiqlariga ishlangan videokliplari muhokama qilinib efirga uzatishga tavsiyalar berildi.

“Maroqand” guruhining “Torimning siri”, Elvin Mirzazade va Shaxrizoda Ahmedova (Kaniza) bilan ijro etgan “Hasrat” qo‘shiqlariga olingan videokliplariga istisno tariqasida ruxsat berildi.

Xonandalar Jahongir Poziljonov va Dilafro‘z Hayitmetovalar ijro etgan “Mehmonim” dueti, Sevara Yusupovaning (Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgan) “Uzun yo‘l”, Mahliyo Omonning “Farg‘onadan”, Jahongir Otajanovning “Qaddi baland”, Doston Ubaydullayevning “6-xonadon”, Alisher Zokirovning “Mayli, mayli” qo‘shiqlariga olingan videokliplari muhokama qilinib, ularda ba’zi juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangani sababli rad etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют