» » Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markaziga yangi rahbar tayinlandi

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markaziga yangi rahbar tayinlandi


Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga Azamat Yusupov tayinlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Unga, avvalo, aholiga sifatli va xalqaro talablar asosida ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, diabetik retinopatiya, tug‘ma katarakta kabi qator kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha strategiya ishlab chiqish, bolalar oftalmologiyasini rivojlantirish, shu jumladan, ularda sun’iy gavhar implantatsiyasini keng yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ko‘z kasalliklarini erta aniqlash, diagnostikasi va davolash standartlarini yangilash, ixtisoslik bo‘yicha kasalliklarga tashxis qo‘yish hamda oldini olishda samarali yondashuvlardan unumli foydalanish kabi vazifalar yuklandi.

Bundan tashqari, oftalmologiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsion modellarni tatbiq etish, yosh malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratish, hududlardagi ixtisoslashtirilgan muassasalarda zarur profilaktik ishlarni o‘tkazishda ko‘maklashish hamda mahorat darslarini muntazam o‘tkazib borish singari vazifalarga ham mas’ul etib belgilandi.

49 yoshli tibbiyot fanlari doktori Azamat Yusupov Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli universitetlari klinikalarida o‘qib, malaka oshirgan. Ingliz va turk tillarini mukammal biladi.

Azamat Yusupov ayni paytga qadar “Sihat ko‘z” MChJ xususiy klinikasida bosh shifokor lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют