» » Qozog‘iston 2019-yilga kelib, neft mahsulotlari importidan voz kechmoqchi

Qozog‘iston 2019-yilga kelib, neft mahsulotlari importidan voz kechmoqchi


Qozog‘istonning uchta neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinganidan so‘ng, 2019-yilga kelib, neftni qayta ishlash hajmi yiliga 17,5 million tonnagacha o‘sadi, shunda mamlakat o‘zining neft mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanadi. Bu haqda energetika vaziri Kanat Bozumbayev muassasa kollegiyasi chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“O‘z murojaatida davlat rahbari neftni qayta ishlash hajmini oshirish zaruriyatiga e’tibor qaratdi. Uchta neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinganidan so‘ng, 2019-yildan keyin neftni qayta ishlash hajmi yiliga 14,5 million tonnadan 17,5 million tonnagacha yetadi”, — dedi vazir.

“Modernizatsiya qilingan neftni qayta ishlash zavodlari foydalanishga topshirilgach va loyihaviy quvvatiga yetkazilgach, mamlakatning ichki ehtiyojlari mahalliy neft mahsulotlari bilan to‘liq qoplanishi kutilmoqda, yoqilg‘i-moylash materiallari importiga bog‘liqlik istisno qilinadi”, — dedi Bozumbayev.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют