» » Toshkentdagi Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi transport harakati uchun ochilishi yana qoldirildi

Toshkentdagi Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi transport harakati uchun ochilishi yana qoldirildi


Toshkent shahridagi Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasining transport harakati uchun ochilishi yana qoldirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazmasi qurilishi munosabati bilan yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017-yil 10-martga ko‘chirildi.

Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishingizni so‘raymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, oldinroq chorrahada transport harakati 11-fevraldan 23-fevralgacha vaqtincha yopilgandi. Keyinroq “Toshshahartransxizmat” harakatlanishga 1-martdan boshlab ruxsat berilishini bildirdi.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют