» » Bahorning eng kutilgan filmlari

Bahorning eng kutilgan filmlari


Uzoq cho‘zilgan qishdan keyin nafaqat bahorgi iliq havo, balki yangi filmlar ham kishini ayniqsa quvontiradi. Biz siz uchun kirib kelgan bahorning eng kutilgan va yorqin yangi filmlarini to‘pladik.

Premyera: 2017-yil 2-mart

Rejissor Jeyms Mengoldning bosh rollarni Patrik Styuart va Xyu Jekman ijro etgan fantastik jangari filmi endi yosh bo‘lmasa-da, hali kuchga to‘la Loganning azaliy dushmani bilan kurashi haqida hikoya qiladi. Shafqatsiz jang boshlanadi, Logan esa endi nafaqat o‘zining, balki do‘stlarining ham hayotini qutqarishi kerak. Voqealar bu hal qiluvchi jang bo‘lishiga ishora qilmoqda.

Premyera: 2017-yil 9-mart

Jordan Vot-Robertsning fentezi elementlariga ega sarguzasht jangari filmida Bri Larson, Tom Xiddlston, Semyuel L. Jekson qatnashgan bo‘lib, unda o‘tgan asrning yetmishinchi yillari aks ettirilgan. Bosh qahramon g‘oyib bo‘lgan akasini qidirish bo‘yicha ekspeditsiya tashkil qiladi, bu ularni Bosh suyagi oroliga yetaklaydi. Avvalroq mashhur King-Kong tutilgan joyda qahramonlar xavfli sarguzashtlarni boshidan kechirib, hayotlarini turli maxluqlardan himoya qilishiga to‘g‘ri keladi.

Premyera: 2017-yil 16-mart

Taniqli Disney ertagi asosida Emma Uotson ishtirokida suratga olingan melodramani myuzikl deb ham atash mumkin — unda musiqiy kompozitsiyalar ko‘p. Shahzoda sehr-jodu ta’sirida maxluqqa aylanadi, uni halokatdan faqat uni sevib qolgan sohibjamolgina qutqara oladi.

Premyera: 2017-yil 27-mart

“Divergent” filmlari seriyasidagi to‘rtinchi filmda ham aktyorlar Sheylin Vudli, Teo Jeyms, Naomi Uottsni ko‘rishimiz mumkin. Bu safar bosh qahramonlar Beatris va Tobias Genetik farovonlik byurosining avtoritar boshqaruviga nuqta qo‘yishga harakat qiladi.

Manba: “Kinopoisk.ru”

Опубликовано: admin (1-03-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют