» » Xorazmda ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etildi

Xorazmda ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etildi


Xorazm viloyat prokuraturasi tuzilmasida qishloq xo‘jaligida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan oqilona foydalanish va tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish, baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, sholi yetishtirish hajmlari va meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularni qayta ishlash quvvatlari hamda eksport hajmini oshirish, sholichilik, meva-sabzavotchilik va baliqchilik sohalaridagi tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish hamda ushbu sohalarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish kabi yo‘nalishlarda qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish ixtisoslashtirilgan prokuraturaning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Qishloq xo‘jaligida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha Xorazm ixtisoslashtirilgan prokurori viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют