» » Surxondaryoda nikohni bekor qilish haqidagi arizalar o‘tgan yilgidan 401 taga ko‘paydi

Surxondaryoda nikohni bekor qilish haqidagi arizalar o‘tgan yilgidan 401 taga ko‘paydi


Surxondaryo viloyatida 2018-yilning 10 oyi davomida nikohdan ajratish haqidagi arizalar soni 2017-yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 401 taga ko‘paydi. Bu haqda fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Lutfulla Qudratov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

2017-yilning yanvar-oktabr oylarida sudlarga nikohdan ajratish bilan bog‘liq 3233 ta ariza tushgan bo‘lsa, 2018-yilning shu davrida 3634 ta ariza topshirilgan.

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Denov tuman bo‘limi boshlig‘i Sharifa Iliyevaning aytishicha, ajrimlarning 72 foiziga oilaviy munosabatlarga uchinchi shaxsning aralashuvi sabab bo‘lmoqda. Nikoh buzilishi so‘ralgan arizalar o‘zaro kelishmovchilik, iqtisodiy yetishmovchilik tufayli ko‘paymoqda.

Viloyatdagi “Oila” markazi tomonidan ajrim yoqasidagi 571 ta oilaning ro‘yxati shakllantirilgan. Unga ko‘ra, 189 ta holatda er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligi, 188 ta holatda uchinchi shaxsning oilaviy munosabatlarga aralashuvi, 50 ta holatda farzandsizlik, 20 holatda xiyonat, 18 holatda moddiy ta’minot va ishsizlik, 30 holatda ichkilikka ruju qo‘yish, 9 holatda migratsiya, 21 holatda uy-joy tanqisligi tufayli er-xotinlar ajrashishga uringan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют