» » Parijdagi namoyishlar vaqtida Eyfel minorasi yopib qo‘yiladi

Parijdagi namoyishlar vaqtida Eyfel minorasi yopib qo‘yiladi


Parijdagi “sariq nimchalar” aksiyasi munosabati bilan Eyfel minorasi vaqtincha yopib qo‘yiladi, deb xabar berdi “Vesti”.

Ommaviy namoyishlar 8-dekabr, shanba kuni o‘tkaziladi. Shuningdek, shahar markazidagi muzey va do‘konlar ham yopiladi.

Mamlakat bosh vaziri Eduar Filippning ma’lum qilishicha, mamlakatda dam olish kunlari tartibni saqlashga 89 ming nafar politsiyachi jalb etiladi.

Parijning o‘zida sakkiz ming nafar huquq-tartibot organlari xodimlari ish olib boradi.

Soliqlar oshishiga qarshi norozilik namoyishlari Fransiyada uch haftadan beri davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют