» » “Toshissiquvvati” DUK Mirzo Ulug‘bek tumanidagi issiqlik tarmoqlarida avariya yuzasidan bayonot berdi

“Toshissiquvvati” DUK Mirzo Ulug‘bek tumanidagi issiqlik tarmoqlarida avariya yuzasidan bayonot berdi


Korxonaning Shahriobod (Du700) ko‘chasi bo‘ylab 1-IMdan issiqlik tarmoqlarida 2018-yil 6-dekabr kuni soat 13:00 da avariya sodir bo‘ldi. Natijada Mirzo Ulug‘bek tumanining 300 dan ortiq bino va uylari hamda Yashnobod tumanining bir qismi issiqlik energiyasisiz qolgan, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “Toshissiquvvati” DUK ma’lumotlariga asoslanib.

O‘zining foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan issiqlik tarmog‘ining uzatib beruvchi quvurida yorilish bo‘lganligi sababli kelib chiqqan avariya navbatchi brigadalar va isitish mavsumida shaharning issiqlik ta’minotini joyida uzluksiz ta’minlash uchun maxsus texnika yordamida soat 23:00 da bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, “Toshissiqquvvati” DUK xodimlari tomonidan shu kabi hodisalar sodir bo‘lmasligi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun ma’muriyat uzr so‘raydi, —deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют