» » Vladimir Kravchenko Ucell kompaniyasining bosh direktori etib tayinlandi

Vladimir Kravchenko Ucell kompaniyasining bosh direktori etib tayinlandi


2014-yildan kompaniyani boshqarib kelgan Tonu Gryunberg o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda “Spot.uz” xabar berdi.

Uning o‘rniga kompaniyaning bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Vladimir Kravchenko tayinlandi.

Vladimir Kravchenko 1985-yilda tug‘ilgan. U Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetini tamomlagan.

Avvalroq, Kravchenko Uzmobile bosh direktori, kompaniyaning tijorat direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Kompaniya boshqaruvidagi o‘zgarish “Telia” o‘z ulushini Davlat raqobat qo‘mitasiga 215 million AQSh dollarga sotganidan so‘ng ro‘y berdi.

Ucell Coscom brendi ostida 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2007-yilning iyul oyidan “TeliaSonera” Coscom kompaniyasining asosiy aksiyadoriga aylandi. 2008-yilning iyun oyida operator Ucell brendi ostida faoliyat boshladi. Bugun kompaniyaning abonentlari soni 7,1 millionni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют