» » Video: Toshkent ko‘chalaridan birida yonayotgan mashina

Video: Toshkent ko‘chalaridan birida yonayotgan mashina


Internet tarmog‘ida Toshkentda yo‘l o‘rtasida yonayotgan mashina tasvirga olingan video paydo bo‘ldi, deb yozadi Sputnik.

Facebookdagi “Voditeli Tashkentda” guruhi foydalanuvchilari ma’lum qilishicha, bu voqea bugun, 7-dekabr kuni Qushbegida sodir bo‘lgan.

Videoga qaraganda, yonayotgan mashina Chevrolet Cobalt bo‘lgan.

Internet foydalanuvchisi Toshkentning ko‘chalaridan birida oq rangli avtomashina yonishi holati  tasvirga olingan videoni joylashtirdi.

Videoda mashina chorrahada turgani, uning salonini to‘liq yong‘in bosgani, ustida esa qora tutun ko‘tarilayotganligini ko‘rish mumkin.

Hozircha favqulodda xizmat saytlarida bu holat bo‘yicha ma’lum yo‘q. Shuning uchun yong‘in sabablari to‘g‘risida faqat taxmin qilish mumkin.

Ayni vaqtda o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari ushbu holatni qizg‘in muhokama qilib, yong‘in kelib chiqishiga ikkita sabab ko‘rsatishgan: birinchisi gaz, benzin yoki metan portlashi, ikkinchisi esa elektr sim tutashuvi.

Foydalanuvchilarning izohlarida mashina salonlariga registrator, audio-video qurilmalarini o‘rnatayotganda juda ehtiyot bo‘lish kerakligi aytilgan.

Какой кошмар

Сегодня на одной из дорог Ташкента Опубликовано: Водители Ташкента (DRIVERS.UZ)

Geplaatst door UZ Photo & Video op Vrijdag 7 december 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют