» » Milliy valyutadagi “Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasiga joylashtirildi

Milliy valyutadagi “Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasiga joylashtirildi


Shu yilning 5-dekabrida Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (XMK) navbatdagi, milliy valyutada ifodalangan “Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida (London Stock Exchange) joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank xabarida aytiladi.

Muddati 1 yil bo‘lgan obligatsiyalarning umumiy qiymati – 123 milliard so‘m, foiz stavkasi esa 9,45%ni tashkil etadi.

Obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar “Ipak Yo‘li” AITB banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Bundan oldin XMK London fond birjasida uch marta - muddati 2 yil, umumiy qiymati 240 mlrd. so‘m bo‘lgan "Samarqand" obligatsiyalarni 9,45%-9,5% stavkalari bilan joylashtirgan edi. Olingan mablag‘lar "Hamkorbank" ATB bankining kichik biznes sub’ektlari loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют