» » Toshkentda noyabr oyida kvartiralar narxi oshishda davom etdi

Toshkentda noyabr oyida kvartiralar narxi oshishda davom etdi


Toshkentda noyabr oyida ikkilamchi kvartira bozorida narxlar kvadrat metr uchun o‘rtacha 647 sh.b. ni tashkil etdi. Oktabr oyidagi narx 633 sh.b.ni tashkil etgan edi. Bu haqda Credo Max baholovchi tashkilotining tahlilida so‘z yuritiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Kuzning oxirgi oyi yakunlariga ko‘ra, g‘isht uylardagi kvartiralar narxlari 3 foizga — 688 sh.b.gacha oshdi, panel uylarda — 1 foizga oshib, 620 sh.b.ga teng bo‘ldi.

Xonalar soniga qarab kvadrat metrning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘ldi: bir xonali — 634 sh.b. (+1 foiz), ikki xonali — 634 (+2 foiz), uch xonali — 661 (+3 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali kvartiralarda — 662 (+2 foiz).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют