» » Shavkat Mirziyoyev: Boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz. Ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi

Shavkat Mirziyoyev: Boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz. Ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi


“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etib, siyosiy-huquqiy hayotdagi o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi.

Bosh qonunni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish barchaning sharafli burchi ekanini alohida ta’kidladi.

Davlat rahbari Konstitutsiyaning bosh maqsadi — xalqning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish borasida qilingan va qilinajak ishlarga ham e’tibor qaratdi. Jamoatchilik va xalqaro ekspertlar fikrlari asosida Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilingani, unga muvofiq soliq stavkalari pasaytirilishi, ba’zi badal va to‘lovlar bekor qilinishi, tadbirkorlikni rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratish rag‘batlantirilishini ta’kidladi.

Tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, investorlar uchun keng sharoitlar yaratish, ayniqsa, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha oldindagi muhim vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

“Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident o‘z ma’ruzasida fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, yoshlarni o‘qitish va kasbga tayyorlash, ish va uy-joylar bilan ta’minlash, pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar bo‘yicha ham muhim chora-tadbirlar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etish zarurligini ta’kidladi. Yoshlarning ilmga intilishini kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar bilan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bundan buyon ham islohotlar markazida bo‘lishini qayd etdi.

Tadbirda davlat va jamoat arboblari, ilm-fan va san’at namoyandalari, xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Bayramdagi konsert dasturi ilk bor to‘liq jonli ijroda o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют