» » Toshkentda quriladigan Central Park, yilning eng yaxshi smartfonlari, Putindan kechirim so‘ragan Lukashenko va kunning boshqa muhim xabarlari

Toshkentda quriladigan Central Park, yilning eng yaxshi smartfonlari, Putindan kechirim so‘ragan Lukashenko va kunning boshqa muhim xabarlari


7-dekabrning asosiy yangiliklari “Daryo” dayjestida.

Toshkent shahrida “Tashkent Central Park” ko‘p tarmoqli kompleks qurilish loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi Amir Temur shoh ko‘chasi, Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari doirasidagi umumiy maydoni 2,5 gektar bo‘lgan maydonda barpo etiladi.

***

Rossiyaning “Rossiya sifat tizimi” (“Roskachestvo”) tashkiloti Mahsulotlar sifati sinovi va tadqiqotlari tashkilotlarining xalqaro assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2018-yilning eng yaxshi smartfonlari reytingini tuzdi. Sinovlar natijasida 2018-yilning eng yaxshi smartfoni Samsung Galaxy Note 9 bo‘lib chiqdi. Reytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlaridan mos ravishda iPhone XS Max va iPhone XS o‘rin olgan.

***

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putindan gaz transportirovkasi uchun narxlar borasida bahs qilgani uchun kechirim so‘radi. U Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari davlat rahbarlarining sammitida Putin bilan gaz narxi masalasida bahslashgan edi.

***

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 7-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilishdan avval xat yozib qoldirgan, prokuratura hodisani o‘rganmoqda. Muhammadning otasi o‘g‘li xat yozib, unda ota-onasini, singillarini yaxshi ko‘rishini, sinfdosh do‘stidan krassovka olganini, uni egasiga qaytarib berishlari kerakligini aytganini ma’lum qilgan. Otasining aytishicha, Muhammad xatda magnitofon va boshqa narsalar o‘ziniki ekanligini, qolgan gaplarni esa telefon “fleshka”sidan o‘qib olishlarini yozgan va keyin tomning boloriga o‘zini osgan.

***

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etib, siyosiy-huquqiy hayotdagi o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют