» » Daryo surishtiruvi: Sugurta kompaniyasi samarqandlik tadbirkorning sugurta pulini tolashdan bosh tortdi

Daryo surishtiruvi: Sugurta kompaniyasi samarqandlik tadbirkorning sugurta pulini tolashdan bosh tortdi


Samarqandda tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi Laziz Qosimov Daryo tahririyatiga murojat qilib, Alskom AJ sugurta kompaniyasining Samarqand filialidan 50.669.545 (ellik million olti yuz oltmish toqqiz ming besh yuz qirq besh ming) som sugurta pulini ololmayotganligidan shikoyat qildi.

Mazkur murojat asosida Daryo muxbiri Farhod Norbotayev jurnalistik surishtiruv olib borib, tadbirkor va sugurta kompaniyasining Samarqand filiali vakillarining fakrlarini eshitdi.

Pastdargom tumanidagi issiqxonani xarid qilib, oila azolarim bilan birgalikda qishloq xojalik mahsulotlarini yetishtirish va chet davlatga eksport qilish maqsadida Agro Eco Invest Export MChJni tashkil qilgandim. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish maqsadida Hamkorbank Bogishamol filialidan kredit olib, qishki mavsumga tayyorgarlik korish ishlarini boshlab yuborgandim, deydi tadbirkor Laziz Qosimov. Mazkur issiqxonamni garovga qoyib, bankdan kredit oldim. Kredit olishda bank xodimlari Alskom sugurta kompaniyasining Samarqand filialidan sugurta qilib kelishimni aytishdi. Garovga qoyilgan mol-mulkni bank aytgan sugurta kompaniyasidan 2018-yilning 9-iyulidan 2021-yilning 12-iyuliga qadar turli xil xavf-xatarlardan sugurtadan otkazib keldim. Joriy yilning 1-sentabr kuni soat taxminan 14.00 atrofida bolgan kuchli shamol natijasida issiqxonaning polietilen plyonka qoplamalari bir zumda yirtilib, ekkan nihollarim poymol boldi.

Tadbirkorning takidlashicha, u issiqxonaga shikast yetkazilgan kuni Alskom sugurta kompaniyasining Samarqand filiali masul xodimlariga ham telefon, ham ariza orqali murojaat qilib, kuchli shamol issiqxonaning plyonkalarini uchirib ketganligini malum qilgan. Biroq, tadbirkorning qilgan murojaati boyicha sugurta kompaniyasidan biror vakil kelib kormagan va tabiiy ofat boyicha hujjatni rasmiylashtirmagan.

Issiqxonani sugurta qildirib, bankdan 350 million som kredit olib, endigina ish boshlagandim. Ammo tabiiy ofat natijasida issiqxonamga katta zarar yetkazildi. Sugurta kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaning 3.1 bandida sugurta hodisalariga dovul, boron, tofon, tayfun, shtorm, quyun va boshqa tabiiy ofatlardan obyektga zarar yetkazilish sababli garrov qoyuvchiga zararni qoplab berish majburiyatini kompaniya olgan, deydi tadbirkor L. Qosimov.Ammo sugurta kompaniyasi 2018-yilning 18-oktabr va 21-noyabrdagi xati bilan zararni tolab berishdan bosh tortgan. Bu esa meni bankrot holatiga olib kelib, bankdan olingan kredit pullarni oz vaqtida tolay olmasligimga va xonavayron bolishimga sabab boldi.

Mazkur holat yuzasidan Alskom sugurta kompaniyasining Samarqand filiali direktori Sherbek Mahmudov fikrlarini ham eshitdik.

Sugurta puli masalasidagi barcha murojatlarni bosh ofisimiz hal qiladi. Biz zarur hujjatlarni tayyorlab, ularga yuboramiz. Ular organib, song sugurta puli berish yo bermasligini aytadi. Agro Eco Invest Export MChJda sodir bolgan holatni organib, hujjatlarni yuborgandik. Ular holatni organib, keltirilgan zarar uchun sugurta puli chiqarmasligini bildirgan, deydi Sh.Mahmudov.

Filial rahbari tadbirkor L.Qosimovning mulkiga yetkazilgan zarar boyicha ozining yuqori tashkilotiga yuborgan barcha hujjatlarini bizga taqdim etmadi. Faqatgina sugurta pulini rad etuvchi xat va sugurta xodisasi roy berganligi togrisidagi bildirgini korsatdi, xolos. Tadbirkor bizga taqdim etgan bildirgi bilan holat yuzasidan filial tomonidan toldirilgan bildirgi ikki xil bolib chiqdi. Yani, tadbirkor taqdim etgan bildirgining birinchi va ikkinchi qismlari toldirilmagan bolsa, Alskom sugurta kompaniyasining Samarqand filiali taqdim etgan hujjatda bildirgi toliq toldirilgan.

Togri, sugurta xodisasi roy berganligi togrisidagi bildirgi kop ahamiyatga ega bolmasligi mumkin. Ammo hujjatlarning ikki xilda ekanligi bizni ajablantirdi. Qolaversa, boshqa hujjatlarning bizga taqdim etilmagani ham galati.

Alskom sugurta kompaniyasi bosh direktor orinbosari F. Hasanov imzolagan xatda sugurta pulini berishni rad etish togrisida quyidagi sabablar keltirib otilgan.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Samarqand viloyat Gidrometeorologiya markazining 2018-yil 4- oktyabrdagi 626/203-sonli malimotnomasida 2018-yilning 1-sentabr kuni voqea sodir bolgan hududda shamolning tezligi 9 m/s bolganligi tasdiqlangan hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya markazining 25-01/535-sonli malumotnomasida 2018-yil 1-sentabr kuni Samarqand viloyati hududida shamolning eng yuqori tezligi 11 m/s bolgani tasdiqlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2018-yil 9-iyulda tuzilgan Sh 9-2/2-2/0051-sonli Garovga qoyilayotgan mol_mulkni sugirta qilish shartnomasiga asosan Kompaniyamizning sugurta davolarini korib chiqish va bartaraf etish komissiyasi tomonidan qabul qilingan 688-sonli sugurta qaroriga kora sugurta tovonini tolash rad etilganligini hamda sugurta shartnomasining 11.3 bandiga asosan Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligia muvofiq tegishli sud instansiyasiga murojat qilish huquqiga ega ekanligingizni malum qilamiz.

Murojaatni organish jarayonida aniq bolishicha, sugurta shartnomasining 6.3 bandida sugurta qiluvchining sugurtalangan obyektga zarar yetkazilganligi haqidagi arizasi, sugurtalovchining vakillari tomonidan tuzilgan kozdan kechirish dalolatnomasi hamda vakolatli organlarning hujjatlari sugurta qoplamasini tolab berish uchun asos hisoblanadi. Sugurta qildiruvchi sugurtalovchiga ariza bilan birgalikda zarar sababi va miqdorini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etishi shartligi belgilab qoyilgan.

Sugurta shartnomasida keltirilgan holatlar boyicha tadbirkor L. Qosimov quyidagi fikrlarni bildirib otdi.

Sugurta shartnomasining uchinchi bandida mulkka zarar keltiruvchi xavf guruhlari keltirib otilgan. Ammo aynan xavf guruhlarining koeffitsentlari keltirilmagan. Qolaversa, Hamkorbark aynan Alskom sugurta kompaniyasidan sugurta qilishimni talab qildi. Nega bank togridan-togri bitta sugurta kompaniyasidan sugurta qilishimni talab qilganini tushunmadim, deydi tadbirkor. Qolaversa, men voqea sodir bolgan kuni murojaat qilganman. Sugurta kompaniyasi birinchi javob xatini bir yarim oyda, ikkinchi javob xatini esa salkam uch oy deganda yuboryapti. Hamma hujjatlar, hatto holat aks etgan rasm va videolarni ham ozim yetkazdim. Ular bir marta borib olgan rasmlari ochib ketgan ekan. Nahotki sugurta kompaniyasi vakillari oz ishiga shunchalik loqaydlik, masuliyatsizlik bilan yondoshsa?

Bank va sugurta kompaniyasi ortasidagi bogliqlik haqidagi savolimizga sugurta kompaniyasining Samarqand filiali rahbari quyidagicha izoh berdi.

Hamkorbankka 600 million som depozit mablagi joylashtirganmiz. Shuning evaziga bank kredit oluvchi mijozlarga bizning sugurta kompaniyamizni tavsiya etgan. Ammo tadbirkor istalgan sugurta kompaniyasidan sugurta qilishi mumkin, deydi filial rahbari Sherbek Mahmudov.

Mazkur arizani organish jarayonida tadbirkor sugurta shartnomasida barcha holatlar, xususan, shamol yoki boshqa tabiiy ofatning aniq miqdori korsatib qoyilsa, sugurta qiluvchi shunga qarab sugurta kompaniyasini tanlash imkoniyati paydo bolishini bildirib otdi.

Sugurta pulini olish uchun juda kop yugurdim, kompaniya aytgan barcha hujjatlarni taqdim qildim. Ammo tushunib yetdimki, kompaniya menga baribir sugurta pulini bermaydi. Daryoga murojaat qilishimning sababi shundaki, avvalo sugurta kompaniyasi ozining shartnomasini toliq qilib, xavf tugdiruvchi holatlarni aniq korsatishi lozim. Shundagina men kabi boshqa tadbirkorlar sugurta pulini olishda qiynalmaydi, katta miqdorda zarar kormaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-12-2018, 23:00)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -