» » Surxondaryoda aliment qarzdorligini to‘lamagan 70 dan ortiq fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi

Surxondaryoda aliment qarzdorligini to‘lamagan 70 dan ortiq fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi


Surxondaryo viloyatida shu bugunga qadar sud qaroriga asosan 70 dan ortiq aliment qarzdorligini to‘lamagan fuqarolarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Shu bilan birga yillar davomida to‘lanmay kelinayotgan aliment qarzdorliklari ham bartaraf etilmoqda.

Misol uchun, sud buyrug‘iga asosan Sho‘rchi tumanida yashovchi A.Haydarovdan uning sobiq turmush o‘rtog‘i F.Hojiyevaning foydasiga 3 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va barcha daromadlarining ? qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, o‘z majburiyatini unutgan A.Haydarov alimentni yillar davomida to‘lamasligi oqibatida jami qarzdorligi 31 957 835 so‘mga borib yetadi.

Byuroning Sho‘rchi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan unga nisbatan yangi tahrirdagi qonun talablari va ma’muriy jazo qo‘llanilishini belgilash uchun ishi sudda ko‘rib chiqilishi tushuntirilishi natijasida A.Haydarov aliment qarzdorligini to‘liq bartaraf etdi.

Ta’kidlanishicha, aliment sohasidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra aliment to‘lashga majbur shaxslar tomonidan ikki oydan ortiq muddatda belgilangan qarzdorlikni to‘lamanmasligi 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘lishi va ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgandan so‘ng holat takrorlansa, jinoiy javobgarlikka tortilishiga olib kelishi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют