» » OAV: IShID yetakchisi tarafdorlariga vidolashuv nutqi bilan murojaat qildi

OAV: IShID yetakchisi tarafdorlariga vidolashuv nutqi bilan murojaat qildi


IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z chiqishida guruhning yaqinda bo‘lib o‘tgan janglardagi mag‘lubiyatini tan oldi. Bu haqda Naynava vidoyatidagi manbaga tayanib, Alsumaria telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Al-Bag‘dodiy chiqishini vidolashuv nutqi deb atadi, uni IShID targ‘ibotchilari orasida tarqatdi va guruhga nima bo‘layotganini izohladi. Targ‘ibotchilar guruh Naynava viloyati va Iroqning boshqa qismlarida uchrayotgan mag‘lubiyatlar haqida gapirishni boshladi”, — deya ta’kidlagan manba. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq g‘arbiy Mosuldagi IShID yetakchilari shahardan qochib, jon saqlayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют