» » “Buxoro” Ulug‘bek Baqoyev o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinladi, unda “Pro” litsenziyasi yo‘q

“Buxoro” Ulug‘bek Baqoyev o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinladi, unda “Pro” litsenziyasi yo‘q


Futbol bo‘yicha “Buxoro” klubi Ulug‘bek Baqoyev o‘rniga Shuhrat Fayziyev bosh murabbiy etib tayinlangani haqida e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi xabariga ko‘ra, Shuhrat Fayziyevda “Pro” litsenziyasi yo‘q. U faqat “A” litsenziyasiga ega. 2019-yildan Superliga klublari bosh murabbiylari “Pro” litsenziyasiga ega bo‘lishi shart. Mazkur litsenziyaga ega bo‘lmagan murabbiylar Superliga o‘yinlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ya’ni, Fayziyev ham Superligada klub bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bora olmaydi.

Ta’kidlanishicha, Superligada faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan mutaxassislar ayni kunlarda Toshkentda bo‘lib turibdi va ular “Pro” litsenziyasi uchun kurslarda ishtirok etyapti. Xususan, “Buxoro” futbol klubining endilikdagi sobiq bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev ham ular orasida bor. Biroq Shuhrat Fayziyev o‘z malakasini oshirish imkonini beruvchi mazkur kursda o‘qish istagini bildirmagan.

Shuningdek, PFL “Buxoro”ni o‘z zimmasidagi qarzdorliklar masalasini ijobiy hal qilmaguniga qadar, yangi murabbiy va futbolchilar ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi haqida ogohlantirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют