» » Namanganda Konstitutsiya bayrami arafasida yangi tibbiyot maskanlari ishga tushdi

Namanganda Konstitutsiya bayrami arafasida yangi tibbiyot maskanlari ishga tushdi


Namanganda Konstitutsiya bayrami arafasida yangi tibbiyot maskanlari ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Konstitutsiya bayrami arafasida Namangan shahrida ochilgan REMEDY medical center salomatlik markazi asosan tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan bo‘lib, loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi, 15 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mazkur maskanga xorijdan videoendoskopiya, lor-kombayn va boshqa tibbiy-diagnostika jihozlari keltirildi.

Viloyat markazida “Oydin shifo” kasalxonasining ikkinchi navbati ham foydalanishga topshirildi. Uni qurib bitkazish uchun 8 milliard so‘m sarflandi, 3 milliard so‘mga eng zamonaviy tibbiy anjomlar xarid qilindi.

— Shifoxonamizda respublika xususiy tibbiyot muassasalari ichida birinchilardan bo‘lib bir qator yangi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar joriy qilindi. Xususan, yurak-qon tomir kasalliklari reabilitatsiyasi bo‘limi ochildi. Jarrohlik bo‘limida esa qorin bo‘shlig‘idagi kasalliklar laporaskopik usulda davolanmoqda, — deydi mazkur tibbiyot muassasasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Mirmahmud Mirsaydullayev.

Kasalxonaning ikkinchi navbati ishga tushganidan so‘ng bu yerda bir paytning o‘zida 300 nafar bemorni qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Abdulla G‘oziyevga ko‘ra, Namangan viloyatidagi xususiy tibbiyot maskanlari soni 321 tadan oshdi. Ulardan 43 tasi shu yilning o‘zida ishga tushirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют