» » Bir guruh harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

Bir guruh harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi


Farg‘ona viloyatida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilarni taqdirladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Harbiy xizmatchilarga Mudofaa vazirligi ko‘krak nishonlari, esdalik sovg‘alari hamda diplomlar topshirildi. Ularning kelgusidagi xizmatlariga zafarlar tilandi.

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida esa Mudofaa vazirligi faxriylari uchun bayram tadbiri tashkillashtirildi. Tadbir davomida yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylarga Mudofaa vazirining ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari O‘roz Haydar hamda shoira Nilufar Umarova, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, aktyor Isoq To‘rayev ishtirok etdi. Tadbir davomida bayram munosabati bilan bir qancha harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi. Bayram yakunida Qarshi garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri va viloyat san’atkorlarining konsert dasturlari namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют