» » O‘zbekistonda aholining tibbiy xarajatlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkaziladi

O‘zbekistonda aholining tibbiy xarajatlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkaziladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Hujjatda Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Vazirlikning quyidagi takliflariga rozilik berildi:

Xususiylashtirish va pullik xizmatlarni tashkil qilish markazini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining xususiylashtirish va pullik xizmatlarni tashkil qilish bo‘limlarini;

“O‘zmedinfo” elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish markazini tugatish;

Vazirlik tuzilmasida Davlat-xususiy sheriklikni va tibbiy turizmni rivojlantirish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarini hamda davlat unitar korxonasi shaklida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazini tashkil etish;

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari bo‘yicha jahon amaliyotida qo‘llaniladigan vositalardan foydalangan holda sog‘liqni saqlash hisoblarining milliy tizimini tatbiq etish.

Sog‘liqni saqlash vazirining roziligisiz davlat sog‘liqni saqlash muassasalarining yer uchastkalari va ko‘chmas mulklari begonalashtirilishi taqiqlandi.

Davlat statistika qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan 2019-yil davomida uy-joy xo‘jaligi doirasida aholining tibbiy xarajatlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют