» » Oqqonga chalingan Muhammadjon yaxshilardan najot kutmoqda

Oqqonga chalingan Muhammadjon yaxshilardan najot kutmoqda


2003-yil 7-yanvarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tavallud topgan Ahmadov Muhammadjonda oqqon kasalligi belgilari 2018-yilning may oyida boshlangan. Shu yilning 7-iyun kuni Toshentdagi Gematologiya markazidagi shifoxonada tekshirtirilganda, uning qonidan shu kasallik aniqlangan va unga o‘tkir miyeloblastniy leykoz tashxisi qo‘yilgan.

"O‘g‘limni 6 oydan ortiqroq vaqtdan beri Toshkentdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti Onkogematologiya klinikasi 1-bolalar bo‘limida davolatib kelmoqdamiz. Oilamiz bor-yo‘g‘ini sarflab bo‘lgan. Hozirgi kunda ancha mablag‘ga muhtoj bo‘lib turibmiz. Men shifoxonada bolamni yonidaman, dadasi ishlaydi. Topganlari ro‘zg‘ordan, ijara to‘lovidan ortmaydi.

“O‘g‘lim chet eldan keladigan dorilar bilan davolanib kelmoqda. Dorilari juda qimmat. Davolanish kurslarini davom ettirishiga moddiy ta’minotdan imkoniyatimiz yetmay qoldi. Hozirda beshinchi kurs davolanish muolajalarini olib kelmoqda. Asosiy kurs tugagach, qo‘shimcha kurslar boshlanadi.

Har kursiga juda katta mablag‘ talab etilyapti. Ayni paytda narxi qimmat bo‘lgan kuchli antibiotiklar olib kelmoqda. Kuniga 800 ming so‘mlik antibiotik olishi zarur bo‘lmoqda.

Hozirda biz iqtisodiy tomondan qiynalib qoldik. Juda qiyin vaziyatdamiz. Yaxshi insonlar imkon qadar yordam qilishdi, ammo hozirda qimmat dori-darmonlari uchun baribir qo‘limiz kaltalik qilyapti. Shifokorlar aytishyaptiki, agar biz davolanish kursini to‘liq o‘tasak, u nasib etsa yaxshi bo‘lib ketar ekan. Ammo buning uchun bizda mablag‘ yetarli emas.

Yaxshi insonlar, bemor o‘g‘limga qo‘lingizdan kelgan yordamni ayamasangiz. O‘g‘limning yuragi orzular bilan to‘lib-toshgan. Uning hayotdan umidlari katta. Qalbi yaxshilikka limmo-lim”, — deydi uning onasi.

Muhammadjonning oilasi uning dori-darmonlariga tanishlari, qarindoshlaridan qaytarib berish sharti bilan pul so‘rab, katta qarzga botgan. Shuning uchun hozirgi kunda oiladagi bemor o‘g‘ilning davolanishi uchun pul topa olmayapti. Oilaning hozirgi paytdagi qarzdorlik miqdori 30 million so‘mdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi. Qarz ko‘pligi sabab oilaning tinchi buzilgan.

Shifokorlar Muhammadjon yana ikki yarim yil davomida davolanishi zarurligini ma’lum qilgan. Buning uchun esa katta mablag‘ kerak bo‘ladi.

Muhammadjonga imkon qadar moddiy yordam qo‘lini cho‘zib, uning shifo topishiga hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme):

Abrorjon Mo‘minov nomiga ochilgan.

Xalq banki: 8600-0604-3162-7802

Agrobank: 8600-0417-1402-4495

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

MUMINOVA KHURSHIDAKHON

Pasport raqami: AB 8342971.

Onasi Xurshida Mo‘minovaning telefon raqami: +99891 692 86 77

Otasi Abrorjon Mo‘minovning telefon raqami: +99891 151 73 44

Telegram: +99890 550 86 15



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют