» » Farg‘ona shahrida hujjatsiz olib o‘tilayotgan 41 mln so‘mlik sitrus mevalar aniqlandi

Farg‘ona shahrida hujjatsiz olib o‘tilayotgan 41 mln so‘mlik sitrus mevalar aniqlandi


Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi va hududiy inspeksiyalari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlarining oldini olish maqsadida muntazam ravishda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Hujjatsiz faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar aniqlanganda, ularga zarur axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Joriy yilning noyabr oyida Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 39 nafar fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi, faoliyatini qonuniy tarzda davom ettirish uchun kerakli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, hujjatsiz faoliyat yuritayotgan 20 nafar fuqaroga tegishli bo‘lgan 102,6 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olindi.

Xususan, olingan tezkor ma’lumotlar asosida Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilib, Al-Farg‘oniy ko‘chasida turgan Quvasoy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.X. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda, transport vositasi yukxonasidagi sitrus mevalarni biror hujjatsiz Quvasoy shahriga sotish uchun olib ketilayotganligi aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hujjatsiz tarzda sotishga mo‘ljallangan 3 xil turdagi 193 quti, qariyb 41 million so‘mlik sitrus mevalar daliliy ashyo sifatida olindi.

Bundan tashqari, noyabr oyida Farg‘ona shahri P.Mahmud ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida marg‘ilonlik tadbirkor K.J. faoliyati o‘rganilganda, fuqaro nazorat kassa mashinasi va to‘lov terminali bilan jihozlanmagan savdo shoxobchasida hech qanday hujjatsiz telefon va aksessuarlar sotish bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan. Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 1127 dona 13 million so‘mdan ortiq qiymatdagi tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют